IQRO
Tibbiyotda axborot texnologiyalari: Telemeditsina tizimining tuzilishi va uni joriy etish
By Xudayberdiyeva Xusnobod O'rmonovna.
Abstract
Axborot texnologiyalari tibbiy yordamni masofadan ko’rsatish imkonini beradi. Bu ayniqsa tor mutaxassislar yetishmaydigan chekka hududlar uchun muhimdir. Maqolada telemeditsina tizimining tuzilishi va uni tibbiyot muassasalarida joriy etish masalalari ko’rib chiqiladi. Tizimning blok-sxemasi taklif etiladi. Unda bemor va birlamchi bo’g’in shifokori, aloqa tarmog’i, telemeditsina markazi serveri, maslahatchi mutaxassislar hamda elektron tibbiy karta o’zaro bog’langan. Telemeditsina xizmatlarining asosiy turlari tasniflanadi: telekonsultatsiya, telediagnostika, bemorni masofadan monitoring qilish va teleta’lim. Joriy etishning afzalliklari, texnik va tashkiliy talablari hamda ma’lumotlar xavfsizligi masalalari muhokama qilinadi.
Keywords
- Telemedicine and Telehealth Implementation



