IZLANUVCHI
Surunkali yurak yetishmovchiligi patogenezida sistemali yallig'lanish va endotelial disfunksiyaning roli
By Nurullayev Mirolim Nosir o'g'li.
Abstract
. Maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi (SYuY) patogenezida sistemali yallig'lanish va endotelial disfunksiyaning o'rni zamonaviy nazariy qarashlar asosida tahlil qilingan. Proinflammator sitokinlar (TNF-α, IL-1β, IL-6) ning miokard va mikrotomir endoteliysiga ta'siri, azot oksidi biologik mavjudligining kamayishi, oksidlovchi stress hamda neyrogumoral tizimlar faollashuvi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik yoritilgan. Saqlangan chiqarish fraksiyali yurak yetishmovchiligi patogenezining komorbidlikka asoslangan yallig'lanish-mikrovaskulyar paradigmasi ko'rib chiqilgan. Yallig'lanishga qarshi va endoteliyni himoya qiluvchi terapevtik yondashuvlarning nazariy asoslari muhokama qilingan. Tahlil natijalari SYuY ni sistemali kasallik sifatida talqin qilishga va davolash taktikasini patogenetik jihatdan asoslashga xizmat qiladi.



