Zenodo
Kognitiv texnologiyalarni zamonaviy tibbiyotda qo'llashning nazariy va amaliy jihatlari: Global tendentsiyalar va o'zbekiston perspektivasi
By Ganixodjayeva Dilfuza Ziyavutdinovna.
Abstract
Mavzuning dolzarbligi: Mazkur tadqiqotda tibbiyotda kognitiv texnologiyalar va sun'iy intellekt (SI) tizimlarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari hamda ularning diagnostika va davolash jarayonlarini optimallashtirishdagi o'rni tahlil qilinadi. Tadqiqot maqsadi: Tibbiy diagnostika aniqligini oshirish, klinik qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimlari (CDSS) hamda O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimida kognitiv texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari va to'siqlarini ilmiy-uslubiy jihatdan asoslash. Metodologiya: Ishda tizimli-strukturaviy tahlil, kompyuter ko'rish (CNN), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) hamda "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasi doirasida sog'liqni saqlashni raqamlashtirish bo'yicha situatsion va konseptual tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar: Neyron to'rlari va kompyuter ko'rish modellarining radiologik diagnostikada aniqlik ko'rsatkichlari (98% gacha) va pretsizion farmakoterapiyadagi o'rni ko'rsatib berildi. O'zbekiston sog'liqni saqlash tizimida DMED va teleradiologiya modullarini tatbiq etishdagi mavjud muammolar hamda ularning yechimlari (lokal datasetlar, kadrlar tayyorlash) tizimlashtirildi. Xulosa: Kognitiv texnologiyalar shifokor o'rnini bosuvchi emas, balki uning klinik imkoniyatlarini kengaytiruvchi vosita hisoblanadi. Ularni xavfsiz joriy etish etika va ma'lumotlar maxfiyligini ta'minlashni talab etadi.



